Hisobni o‘chirish
Oxirgi yangilanish: 28-sentabr, 2026
Savdo Pulse hisobingizni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin. O‘chirish darhol amalga oshadi va qaytarib bo‘lmaydi.
Ilovada o‘chirish
- Savdo Pulse ilovasini oching va hisobingizga kiring.
- Profil bo‘limiga o‘ting.
- Pastdagi «Hisobni o‘chirish» tugmasini bosing.
- Tasdiqlash uchun OCHIRISH deb yozing va (parol o‘rnatilgan bo‘lsa) parolingizni kiriting.
Xuddi shu amalni veb-saytda ham bajarish mumkin: kiring → Profil → «Hisobni o‘chirish».
Hisobga kira olmasangiz
Telegram orqali @savdopulse_support ga hisobga bog‘langan telefon raqamingiz bilan yozing. Egalikni tasdiqlaganimizdan so‘ng hisob 7 kun ichida o‘chiriladi.
Nima o‘chiriladi
- Ism, familiya, telefon raqami, email va profil rasmi.
- Parol va barcha kirish seanslari (barcha qurilmalardan chiqiladi).
- Telegram bog‘lanishi va push-bildirishnoma tokenlari.
- Bildirishnomalar va do‘konlardagi a’zoligingiz.
Nima saqlanib qoladi
- Do‘konning savdo, ombor, qarz va to‘lov yozuvlari — ular do‘konning buxgalteriya hisobi bo‘lgani uchun anonim ko‘rinishda (ismingiz «O‘chirilgan foydalanuvchi» bilan almashtiriladi) saqlanadi.
- Agar siz do‘konning yagona egasi bo‘lsangiz, do‘kon faolsizlantiriladi. Do‘kon ma’lumotlarini ham to‘liq o‘chirishni xohlasangiz, @savdopulse_support ga yozing.
- Qonun talab qiladigan to‘lov yozuvlari — qonunda belgilangan muddatgacha.
- Zaxira nusxalar — 30 kun ichida avtomatik o‘chadi.
Batafsil: Maxfiylik siyosati.